Uchrashuvda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Ombudsmanning fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, jazoni ijro etish muassasalariga o‘tkazilayotgan monitoring tashriflari hamda ularda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va OAVning ishtiroki haqida so‘z bordi.
Suhbat davomida Nigina Abaszade Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) bilan inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Do‘stona va konstruktiv ruhda kechgan uchrashuvda tomonlar istiqboldagi hamkorlik loyihalari, jumladan oilaviy zo‘ravonlikka uchragan ayollarga yordam ko‘rsatish borasida o‘zaro fikr almashishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati