Taʼkidlanganidek, 2023-yilda Ombudsman nomiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar tomonidan 18622 ta murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaatlarning tahliliga ko‘ra, ularning 3586 tasi ijtimoiy huquq, 1 646 tasi murojaat etish huquqi hamda siyosiy huquq va erkinliklar, 3 322 tasi iqtisodiy huquqlar, 1 991 tasi shaxsiy huquq va erkinliklar, 316 tasi ekologik huquq hamda 970 tasi boshqa huquqlarga taalluqlidir.
Hisobotda qayd etilganidek, mintaqaviy vakillar muammolarni joyida har tomonlama va tezkor hal etish maqsadida joylarga chiqib, sayyor qabullar tashkil etdi. 2023 yilda mintaqaviy vakillar tomonidan 130 ta taʼsir choralari bo‘yicha hujjatlar tayyorlanib, ularning ijrosi taʼminlanishida ishtirok etilgan. Xususan, ular ishtirokida tayyorlangan 18 ta Ombudsman xulosasi davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslariga kiritildi va ularning 11 tasi yoki 61,1 foizi to‘liq qanoatlantirildi.
Senatorlar tomonidan taʼlim va sog‘liqni saqlash sohasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida davlat organlari va tashkilotlariga, ularning mansabdor shaxslariga Ombudsman nomidan ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan ariza va daʼvo arizalari, taqdimnomalar hamda tavsiyaviy xususiyatga ega xulosalarning ijrosi qay darajada ekanligi muhokama qilindi.
Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida fuqarolarimizning ongi va tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarishi bilan ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Majlisda yakunida ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
senat.uz