Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryodagi tergov hibsxonasidagi sharoitlar o‘rganildi
2024-yilning 29-fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 8-son Tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.

Monitoring tashrifida hibsxonada saqlanayotgan shaxslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy yordam ko‘rsatish holati va sifati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holatlari o‘rganildi.

Shuningdek, hibsxonada 3 ta advokatlar bilan uchrashuv xonalari borligi va  ular videokameralardan xoli ekanligi, mahkum va mahbuslar uchun yaqin qarindoshlari bilan qisqa muddatli uchrashuv xonalari ajratilgani aniqlandi.

Shu bilan bir qatorda, hibsxonada saqlanayotgan shaxslar bilan jamoaviy tartibda suhbatlashildi. Ombudsmanning mintaqaviy vakiliga yakka tartibda murojaat qilish istagida bo‘lgan shaxslar murojaatlari holi tarzda qabul qilindi.

Monitoring yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish,  jumladan, hibsxonaning xo‘jalik ishlariga jalb qilingan mahkumlar uchun uzoq muddatli uchrashuv xonalari tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.  

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati