Tadbirda 50 dan ortiq davlatlarning Ombudsmanlari, jumladan, Xalqaro Ombudsman Institutiga aʼzo mamlakatlar Ombudsmanlari va Afrikadagi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar vakillari hamda xalqaro ekspertlar o‘z tajribalari bilan bo‘lishishdi.
Mazkur xalqaro uchrashuv Ombudsman institutining roli va ahamiyatini targ‘ib qilish hamda soha mutaxassislarining fikr va g‘oyalarni muhokama qilish uchun maxsus platforma vazifasini bajardi.
Videouchrashuv yakunlariga ko‘ra, ishtirokchilar inson huquqlari sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirishdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Xalqaro Ombudsman instituti aʼzosi hisoblanadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati