Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryodagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar uchun internat uyida yashovchilar xolidan xabar olindi
2024-yilning 27-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Guliston davlat universiteti bilan birgalikda Sirdaryo tumanida joylashgan “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar uchun internat uyiga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad yaqinlarining shirin diydoriga muhtoj yurtdoshlarimiz yuziga ozgina bo‘lsada tabassum ulashish, ularning doim davlat himoyasi va eʼtiborida ekanliklarini his qilishiga hissa qo‘shish va albatta ularga yaratilgan sharoitlarni o‘rganishdan iborat.

Tashrif davomida Sirdaryo “Muruvvat” internat uyida yashovchi nogironligi bo‘lgan ayollar va bolalarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish va boshqa sharoitlari o‘rganildi. Shuningdek, kutubxona, tikuv, to‘qish va munchoqlar bilan ishlash  xonasi, sport zallari ham ko‘zdan kechirildi.

Joriy yilning fevral oyida “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar uchun internat uyiga yangi bino foydalanishga topshirilgan. 270 o‘ringa mo‘ljallangan muassasada ayollar va mustaqil harakatlana olmaydigan bolalarga barcha shart-sharoitlar yaratilgan.  

Monitoring doirasida “Muruvvat” internat uyida yashayotganlar uchun 50dan ortiq badiiy kitoblar va turli sovg‘alar topshirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati