Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, holat Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida 2-guruh nogironligi bo‘lgan murojaatchi Q.Y.ning yolg‘iz o‘zi yashashi va parvarishiga muhtoj ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Murojaatchining huquqlarini tiklash bo‘yicha Kogon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilindi. Natijada fuqaro K.Y. tegishli qarorga asosan o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxs sifatida reyestrga kiritildi va unga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xodim biriktirildi. U murojaatchidan har hafta kelib xabar oladi. Bundan tashqari, fuqaro K.Y. har yili bir marotaba grafik asosida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi “O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestrining yuritilishi belgilangan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati