Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sudlanuvchi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi- Ombudsman
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga 3-son Tergov hibsxonasida vaqtincha saqlanayotgan sudlanuvchi N.K. farzandlariga vasiy tayinlanishida yordam so‘rab murojaat qildi.

Murojaatchining bayon etishicha, uning 4 nafar farzandi bo‘lib, ulardan 3 nafari voyaga yetmagan. Hozirda turmush o‘rtog‘i ham sud tomonidan uy qamog‘iga olinganini, shu sababli farzandlariga vasiy tayinlanishida va ularga moddiy yordam ajratilishida amaliy yordamga muhtojligini maʼlum qilgan.

Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, holat Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, tuman Tibbiyot birlashmasi hamda tuman hokimiyati masʼul vakillari bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganildi.

Aniqlanishicha, sudlanuvchining farzandlari hozirda turmush o‘rtog‘i va uning ota-onasi bilan yashab kelmoqda. O‘rganish jarayonida bolalar bilan suhbatlashildi va ularning sharoitlari o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, bolalarga vasiy tayinlash bo‘yicha ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida ularga buvisi vasiy sifatida tayinlandi. Hozirda bola puli tayinlash choralari ko‘rilmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati