Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Finlyandiya va Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining o‘zaro hamkorligi mustahkamlanmoqda
Bugun Finlyandiyadagi Xelsinki universitetida Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlari faoliyatini kuchaytirishga va o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan xalqaro tadbir o‘z ishini boshladi. Finlyandiyaning Tashqi ishlar vazirligi hamda Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Qozog‘iston, Qirg‘iz, Tojikiston hamda Turkmaniston Ombudsmanlari va xodimlari ishtirok etishmoqda.

2024 yilning 15-19 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad, Finlyandiya hamda Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorligini rivojlantirish, inson huquqlarini himoya qilishdagi zamonaviy mexanizmlar bo‘yicha tajriba almashish hamda dolzarb masalalari bo‘yicha muhokamalar tashkil etishdan iborat.

Ombudsmanning Finlyandiyaga tashrifi doirasida qator xalqaro uchrashuvlar hamda penitensiar muassasalar faoliyati tanishish rejalashtirilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati