Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Angliya va Uyels Yuridik jamiyati vakillari Ombudsman instituti faoliyati bilan tanishdi
2024-yilning 18-aprel kuni Angliya va Uyels Yuridik jamiyati vakillari Debra Long va Triona Lenihan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ofisiga tashrif buyurishdi. Hozirda Finlyandiyada xizmat safarida bo‘lib turgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova uchrashuvda onlayn shaklda ishtirok etdi. 

Muloqotda mehmonlar mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Ombudsmanning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirildi. 

Jamiyat vakillari O‘zbekistonda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etib, bu borada olib borilayotgan islohotlar hamda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Ombudsman institutining vakolatlari yanada kengayganligini yuqori baholashdi. Shu bilan birga, Ombudsman hamda Jamiyat o‘z vakolatlaridan kelib chiqib, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lgan qo‘yishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. 

Do‘stona va konstruktiv ruhda kechgan uchrashuvda tomonlar istiqboldagi hamkorlik loyihalari, jumladan “O‘zbekiston Respublikasi Advokatura to‘g‘risida”gi qonun loyihasini xalqaro tajriba va standartlar darajasida takomillashtirish borasida o‘zaro fikr almashishdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati