Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning fuqarolar qabulida qanday masalalar ko‘tarildi
2024 yilning 30 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabulda 50 nafardan ortiq fuqarolar pensiya, ijtimoiy yordam, hujjatlarni qalbakilashtirish, uy-joy, sudda Ombudsman vakilining ishtiroki, sud-huquq, tergov jarayonlariga oid murojaatlarini qoldirishdi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Vakilga ombudsman.uz sayti orqali elektron hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati