Darslar “Huquqlarimni kim ta’minlaydi?” mavzusida interfaol mashg‘ulot shaklida tashkil etilib, o‘quvchilarga inson huquqlari va erkinliklarining mazmun-mohiyati, ushbu huquqlarni ta’minlash bo‘yicha shug‘ullanuvchi milliy institutlar faoliyati to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Ombudsmanlar hayotiy vaziyatlarda inson huquqlarini himoya qilishga qanday yordam berishi mumkinligi haqida ham o‘quvchilar xabardorligi oshirildi.
O‘zaro savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan darslarda o‘quvchilar inson huquqlariga oid ko‘plab bilimlarni o‘zlashtirishdi.
“Ombudsman soat”lari o‘quvchilarning inson huquqlari va erkinliklari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash maqsadida respublika bo‘ylab Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati