Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning inson huquqlarini taʼminlashdagi xalqaro hamkorligi mustahkamlanmoqda
2024 yilning 20 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari byurosi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy vakolatxonasining inson huquqlari bo‘yicha maslahatchisi Pavlo Byalik bilan uchrashdi.

Suhbat davomida Pavlo Byalik Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) bilan inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Uchrashuvda inson huquqlarini taʼminlashda Ombudsmanning BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari byurosi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy vakolatxonasi bilan istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Jumladan, NNT va fuqarolik jamiyati vakillarini qo‘llab-quvvatlash, qiynoq holatlari hamda oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olish va ularni keltirib chiquvchi sabablarni bartaraf etish borasidagi qator takliflar bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv konstruktiv muloqot hamda do‘stona ruhda o‘tdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati