Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanga Namangan viloyatidan yuborilgan murojaatlarda qanday masalalar ko‘tarilgan? 
Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” tadbiri Namangan viloyatida tashkil etildi. Dastlab ushbu viloyatdan yuborilgan murojaatlar tahlil qilinib, hudud uchun dolzarb bo‘lgan masalalar tanlab olindi va tegishli tashkilot vakillari jalb etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda Ombudsmanga viloyat fukarolaridan 955 ta, 2024-yilning 4 oyida esa 153 ta murojaat kelib tushgan. Ularda mehnat huquqlarini ta’minlash, aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish borasidagi imkoniyat hamda imtiyozlar, xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash masalalari ko‘tarilgan. 

Eng ko‘p murojaatlar Chust tumanidan kelib tushganligi sababli navbatdagi fuqarolar bilan ochiq muloqot ushbu tumanda o‘tkazildi. 2024-yilning 22-may kuni tashkil etilgan tadbirda tumandagi “Tinchlik”, “Yuqori”, “Yangi hayot”, “Gʻovasoy sohili” hamda “Varzigon” mahallalari fuqarolari jalb etildi.

Tadbirda Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Viloyat bandlik boshqarmasining bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi, Monomarkaz, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Namangan viloyati boshqarmasi va Tashqi mehnat migratsiyasi viloyat bo‘limlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda ishtirok etgan mas’ul idora vakillari ishtirokchilarni fuqarolar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, mehnat huquqlarini himoya qilish, imtiyozli kreditlar olish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar, ularning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini kuchaytirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bepul yuridik yordam olish bo‘yicha qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirishdi.

“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda 500 nafarga yaqin fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkazildi.  Ushbu tibbiy ko‘rikka viloyatdan 28 nafar malakali tor mutaxassislar jalb etildi. Shuningdek, aholi qon analizlarini topshirishdi, ultratovush tekshiruvi (UTT), EKG va rentgen uskunalari yordamida tekshiruvdan ham o‘tkazildi.

Tadbir davomida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarka davomida 41 nafar fuqarolar doimiy ishga joylashish va kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘naltirildi. 12 nafar ishsiz fuqarolarga subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi.

“Ombudsman maktabi” tadbiri doirasida Ombudsmanning sayyor qabuli ham o‘tkazildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati