Tadbirda kam ta’minlangan aholini hamda ishsiz bo‘lgan shaxslarni kambag‘allikdan chiqarish va ish bilan ta’minlash, ularda tadbirkorlik hissini uyg‘otish orqali ularning daromadlarini oshirish, turli kasblarga tayyorlash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shundan so‘ng, Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynova fuqarolarga murojaatlar bilan ishlash va yopiq muassasalarga amalga oshirayotgan monitoring tashriflari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, Ombudsman mintaqaviy vakiliga murojaat qilish usullariga ham to‘xtaldi. Xususan, fuqarolar ombudsman.uz sayti orqali istalgan vaqtda va joydan turib, murojaat holatini onlayn ravishda kuzatib turishlari mumkinligi qayd etildi.
Fuqarolar bilan bo‘lgan ochiq muloqotda, Ombudsmanga ushbu hududdan yuborilayotgan murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shu kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va uning Buxorodagi mintaqaviy vakili ishtirokida fuqarolar qabuli ham tashkil etildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati