Suhbat jarayonida ayol voyaga yetmagan ikki nafar farzandi qarovsiz qolganligi, ko‘rsatilgan moddiy zarar uning otasi tomonidan qoplanganligi, yaqinda apellyatsiya sudi bo‘lishini aytib, mintaqaviy vakildan qonun doirasida yordam berishni va sud majlisida ishtirok etishini so‘rab murojaat qilgan.
A.O.ning arizasiga binoan Ombudsman mintaqaviy vakili sud jarayonlarida ishtirok etdi. Sud hayʼati tomonidan Mintaqaviy vakilning iltimosnomasi inobatga olinib, ayolning ozodlikdan mahrum etish jazosini ozodlikni cheklash jazosiga almashtirdi, sud zalida qamoqda ozod etildi, jazoning qolgan qismini uy qamog‘iga almashtirishga qaror qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati