Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Sankt-Peterburgdagi yurtdoshlarimiz murojaatlarini o‘rgandi
2024 yilning 28 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Sankt-Peterburg shahriga tashrifi davomida ushbu mamlakatda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashdi.

 

Mamlakatimizning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasida tashkil etilgan qabulda hamyurtlarimiz taʼlim, yotoqxonaga joylashish, mehnat huquqlarini taʼminlash, migrantlarga munosib sharoitlar yaratish va ularning huquqlarini himoya qilish masalalarida murojaat qilishdi. 

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Ombudsmanga ombudsman.uz sayti orqali ham onlayn murojaat yuborishlari mumkin. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati