Ushbu hududdan yuborilgan murojaatlardan kelib chiqib, tadbirga tegishli davlat tashkilotlari vakillari jalb etildi. Tadbirda aholiga fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti va ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni tayinlash tartibi, aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda soliq to‘lovchilar uchun yaratilgan soliq imtiyozlari va majburiyatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Fuqarolar bilan bo‘lgan ochiq muloqotda aholi tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati