Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qo‘mita aʼzolariga Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili bo‘yicha axborot taqdim qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2024 yil birinchi yarim yilligidagi murojaatlar tahlili bo‘yicha axboroti taqdim qilindi.

Tadbirda qayd etilishicha, 2024 yilning birinchi yarim yilligida Ombudsman nomiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan 8915 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning ushbu davrida 7107 tani tashkil etgan.

Jami murojaatlarning 27,1 foizi ijtimoiy huquqlarga, 24,6 foizi iqtisodiy huquqlarga, 15,3 foizi fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklariga, 14,2 foizi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda ushlab turilgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga, 11,9 foizi fuqarolik va murojaat qilish huquqiga, 1,3 foizi bola huquqlari va erkinliklariga, 1,0 foizi ekologik huquq va erkinliklarga va 4,6 foizi boshqa masalalarga oid.

Hisobot davrida Ombudsman tomonidan fuqarolar murojaatlari o‘rganilishi davomida ularning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan davlat tashkilotlari yoki mansabdor shaxslarga 67ta taʼsir choralari shaklidagi hujjatlar kiritildi.

Ombudsman tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida undirilgan hamda undirish belgilangan jami mablag‘lar 1 mlrd 268mln.so‘mni tashkil etdi. Shundan, salkam 255,5mln so‘m fuqarolarning ish haqi va mehnat munosabatlariga oid.

Yig‘ilishda Ombudsmanga yuborilayotgan fuqarolar murojaatlarida qanday masalalar ko‘tarilayotgani va ularni tizimli hal etish borasida takliflar bildirildi.