Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlariga oid trening: BMT mexanizmlari bilan o‘zaro hamkorlik
2024 yilning 16 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi hamkorligida Ombudsman Kotibiyati xodimlari jumladan, Ombudsmanning mintaqaviy vakillari uchun navbatdagi trening o‘tkazildi. Mazkur seminar  BMTning shartnomaviy organlariga muqobil hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga bag‘ishlandi.

Tadbir jarayonida ishtirokchilarga BMTning inson huquqlari bo‘yicha turli mexanizmlari, BMTning shartnomaviy organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish usullari va Universal davriy hisobot, BMTning inson huquqlari mexanizmlari bilan o‘zaro hamkorlik hamda tavsiyalarning bajarilishini monitoring qilish va baholash kabi masalalar  yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Erkin muloqot shaklida tashkil etilgan seminar-trening munozarali savol-javoblar va interaktiv o‘yinlarga boy tarzda o‘tdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati