130 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur muassasada hozirgi kunda 157 nafar bemor davolanmoqda.
Monitoring tashrifi davomida tibbiyot markazidagi bemorlarning yotoq joylari, yuvinish xonalari, ovqatlanish, va davolanish bo‘limlari hamda hududdagi boshqa sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Bundan tashqari, ushbu muassasaga amalga oshirilgan avvalgi monitoringda aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilganiga e’tibor qaratildi. Bu galgi monitoringda binoning ta’mirtalab joylari ta’mirlangani aniqlandi.
Shu bilan bir qatorda, Narkologiya markazidagi bemorlar bilan suhbatlashilganda, muassasa rahbariyati va xodimlari ustidan shikoyatlar kelib tushmadi.
Monitoringda muassasadagi bemorlar uchun berilgan choyshablar eskirgan hamda kanalizatsiya tizimi bilan bog‘lik kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati