Monitoring tashrifi davomida dispanserdagi bemorlarning yashash, tibbiy xizmatdan foydalanish va ovqatlanish sharoitlari, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmon vositalari saqlanadigan xonalarning holati o‘rganilib, u yerda davolanayotgan shaxslar hamda voyaga yetmagan bemorlarning yaqin qarindoshlari bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.
O‘rganish davomida Narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyati mintaqaviy filiali ushbu dispanserga vaqtincha ko‘chirilganligi sababli muassasalarda davolanayotgan bemorlarga “Bahor lolasi” MCHJ tomonidan ham oziq-ovqatlar tayyorlanib, yetkazilayotganligi maʼlum bo‘ldi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati