Ushbu ilova orqali murojaat yuborish, ularning ijro holatini monitoring qilish va javob xatlari hamda statistik maʼlumotlar bilan tanishish mumkin. Shuningdek, murojaatchilarga onlayn maslahat berish imkoniyati ham yaratilgan.
Ilovaning afzalliklari:
- 24/7 rejimida murojaat yuborish;
- murojaatlarni ko‘rib chiqish holatini onlayn tarzda kuzatish imkoniyati;
- OneID identifikatsiya tizimi orqali tez va oson ro‘yxatdan o‘tish;
- fayl va maʼlumotlarni yuklash va olish mumkinligi;
- ilovadan o‘zbek, rus va ingliz tillarida foydalanish imkoniyati.
Mobil ilovani Google Play va App Store orqali yuklab olishingiz mumkin.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati