Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining Nyu-Yorkdagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi
Joriy yilning 30-avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Feruza Eshmatova BMT Bosh kotibining inson huquqlari bo‘yicha yordamchisi, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining Nyu-Yorkdagi vakolatxonasi rahbari Ilse Brands Keris bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mezbon Brands Keris 2023 yilda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurkning O‘zbekistonga tashrifi barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga xizmat qilgani va F.Tyurk Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvini hamon iliqlik bilan eslashini qayd etdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tizimli o‘zgarishlarni yuksak baholadi. Biz sizning mamlakatingizda amalga oshirilayotgan ijobiy jarayonlardan xabardormiz va O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatining huquqiy asoslari kuchaytirilayotganligini  kuzatib bormoqdamiz va buni muhim deb hisoblaymiz.- dedi BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining Nyu-Yorkdagi vakolatxonasi rahbari.

Samimiy suhbat davomida mezbon Ombudsmanning qiynoqlarni oldini olish borasidagi faoliyatini dolzarb hisoblab,  inson huquqlari bo‘yicha qonunchilikka takliflarni tashabbus huquqi tartibida ilgari surish, fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash, aholining, shu jumladan yoshlarning inson huquqlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi va O‘zbekiston bilan mamlakat uchun ustuvor bo‘lgan barcha sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Ombudsman shu kuni BMT qarorgohida BMT Kotibiyati tomonidan tashkil etilgan Inson huquqlari himoyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ham ishtirok etdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati