Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi 
2024-yilning 13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning inson huquqlari sohasida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilgan takliflar hamda institutning 30 yillik yubileyi munosabati bilan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.  

Tadbirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya va Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari, fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.  

Dastlab, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. 
Andre Algermissen, K.Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi rahbari:  

- Inson huquqlari sohasidagi islohotlarni kuzatib boraman va ularni barchasini ijobiy baholayman. Aynan mana shu jarayonlarda Ombudsman institutining ham o‘rni ahamiyatli. Bugun imzolangan hamkorlik memorandumi biz uchun muhim va ushbu hujjat asosida birgalikda  inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshiramiz. O‘ylaymanki, bu Germaniya va O‘zbekiston aloqalarini yanada mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi.  

Mazkur Memorandum asosida malaka oshirish hamda inson huquqlari borasida aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.  

Ombudsman o‘z faoliyatida doimo jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Yig‘ilishda ishtirokchilar tomonidan jamiyatdagi mavjud masalalar hamda inson huquqlari sohasida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilgan takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) 30 yilligi arafasida aholining huquqiy xabardorligini oshirish, Ombudsman faoliyatiga oid ilmiy nashrlarni chop etish hamda media materiallar tayyorlash bo‘yicha takliflar bildirildi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati