Monitoring davomida mahkumlarning yashash joylari, tibbiyot bo‘limi, oshxona, oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmon vositalarini saqlash sharoitlari o‘rganildi.
Shuningdek, mazkur koloniya sil kasalligiga chalingan bemorlarni davolash uchun ixtisoslashgan muassasa bo‘lgani sababli mahkumlarning davolanishi uchun yaratilgan tibbiy sharoitlar, jumladan rentgen qurilmalari va zarur dori vositlari bilan ta’minlanganlik holatlari ko‘rib chiqildi.
So‘ngra “Ombudsman quti”siga kelib tushgan murojaatlar qabul qilindi hamda xo‘jalik ishlariga jalb qilingan mahkumlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Monitoring yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha koloniya ma’muriyatiga Ombudsman tomonidan tegishli tavsiyalar kiritiladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati