Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryodagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar internat uyidagi sharoitlar o‘rganildi
2024 yil 25 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Yangiyer “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Monitoringda bemorlarning yotoq joylari, yuvinish xonalari, oshxona, kutubxona, muolaja xonasi hamda hududdagi boshqa sharoitlar o‘rganildi.

Aniqlanishicha, internat uyida nazorat o‘tkazish punkti doimiy navbatchilik asosida tashkil etilgan, oshxonaga borish imkoniyati cheklangan bemorlar uchun ovqat tarqatish va 100 o‘ringa mo‘ljallangan ovqatlanish xonasi mavjud.

Shuningdek, davolanayotgan shaxslar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun tikuv-bichuv sexlari, dam olish hamda sport mashg‘ulotlarini bajarish maydonchasi tashkil etilgan.

Kutubxonada 800 ta turli xil badiiy adabiyotlar bilan boyitilgan bo‘lib, kuniga 18 nafar bemorlar kitob mutolaa qilishga kirishadi.

Bundan tashqari, tashrif davomida muloqotga layoqatli bemorlar bilan jamoaviy va yakka tartibda suhbatlashib, muassasada yaratilgan sharoitlar bo‘yicha fikrlari o‘rganildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati