Loyiha doirasidagi navbatdagi darslar Navoiy viloyatidagi 1, 6, 9, 20 va 65-sonli, Surxondaryo viloyatidagi 2 va 36-sonli, Sirdaryo viloyatidagi 30-sonli, Farg‘ona viloyatidagi 1 va 26-sonli hamda Namangan viloyatidagi 19 va 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazildi.
Yuqori sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan mazkur darslarda interaktiv usullardan foydalanildi va mavzu doirasida videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, rolli o‘yinlar tashkil etilib, o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan savol-javob va qizg‘in muhokamalar darslar yanada esda qolarli hamda qiziqarli bo‘lishiga xizmat qildi. Ushbu tadbirlar davomida yoshlar inson huquq va erkinliklari, qadr-qimmati, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy huquqlar bo‘yicha yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda o‘quvchilar inson huquqlariga oid ko‘plab bilimlarni o‘zlashtirishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati