Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanga Surxondaryodan yuborilgan murojaatlarda qanday masalalar ko‘tarilmoqda?
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Surxondaryo viloyatidan yuborilgan murojaatlar tahlil qilinib, aholining huquqiy xabardorligi oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar tanlab olindi. Viloyatdan yuborilgan murojaatlarning aksariyati pensiya, kadastr va ijtimoiy yordam bilan bog‘liq bo‘lgani sababli navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbiri ushbu mavzuga bag‘ishlandi.

2024 yilning 19 oktyabr Qiziriq tumani aholisi uchun o‘tkazilgan ochiq muloqotda “Yangi turmush”, “Shodlik”, “Do‘stlik”, “Yetim qum”, “Rabatak”, “Qishlogozon” mahallalarida yashovchi fuqarolar ishtirok etishdi.

Erkin muloqot tarzida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar fuqarolar bandligini taʼminlash, pensiya, ijtimoiy nafaqa va kompensatsiya to‘lovlarini tayinlash tartibi, aholiga sifatli ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, qolaversa, O‘zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi qonunining mazmun-mohiyati haqida xabardor qilindi.

Fuqarolar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda Ombudsmanga ushbu hududdan yuborilayotgan murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun 2022 yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati