Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro do‘stona aloqalarni mustahkamlash va inson huquqlari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Turkiya va Ozarbayjon Ombudsmanlari O‘zbekistonda yaqinda bo‘lib o‘tgan saylov jarayonlarini yuqori baholab, ularning yaxshi tashkil etilgani va shaffof o‘tkazilganini ta’kidlashdi. Shuningdek, saylov uchastkalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun panduslar, maxsus kabinalar va ovoz berish jarayonida ularga yordam ko‘rsatish uchun tayyorlangan xodimlar, ona va bola xonalari borligi va saylov jarayoni muntazam yoritib borilgani hamda elektron ovoz berish tajriba-sinov tariqasida joriy etilgani e’tirof etilib, O‘zbekiston bu borada boshqa davlatlarga o‘rnak bo‘lishi ta’kidlandi.
Muloqot davomida, har uchala mamlakat orasidagi do‘stona aloqalarning mustahkamlanishi, inson huquqlarini himoya qilish sohasida ham sezilayotgani qayd etildi. Xususan, Ombudsmanlar bu hamkorlik fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, kelgusida ham birgalikdagi ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Uchrashuv do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati