Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namangandagi koloniyada saqlanayotgan mahkumlar murojaatlari o‘rganildi
2024-yilning 30-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili Pop tumanida joylashgan 6-son Jazoni ijro etish koloniyasiga navbatdagi monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Monitoring davomida mahkumlarning yashash sharoitlari, jumladan, yotoq joylari, yuvinish xonalari, oshxona, tibbiyot bo‘limi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash holati o‘rganildi.

Shuningdek, Ombudsmanning Namangandagi mintaqaviy vakili koloniyada saqlanayotgan 800 nafarga yaqin shaxs bilan jamoaviy, 10 nafar mahkum bilan yakka tartibda suhbatlashdi va murojaatlarini qabul qildi.

Bundan tashqari, hibsxonadagi “Ombudsman quti”larida qoldirilgan murojaatlar qabul qilinib, ariza mualliflari bilan ham yakka tartibda suhbatlashildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsman tavsiyalari kiritiladi.
 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati