Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryodagi viloyat asab va ruhiy kasalliklar dispanserida qanday kamchiliklar aniqlandi?
2024 yil 11 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Sirdayo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov Guliston shahrida joylashgan Sirdaryo viloyati asab va ruhiy kasalliklar dispanseriga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Monitoringda mazkur muassasada davolanayotgan shaxslarning inson huquqlari taʼminlanish holati, shu bilan birga yotoq joylari, yuvinish xonalari, oshxona, tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘limidagi sharoitlar, shuningdek, dori-darmon va zarur texnik vositalarning taʼminoti kabi holatlar o‘rganildi.

O‘rganishga ko‘ra, dispanserning ichki va tashqi hududiga 9 ta video kuzatuv kameralari o‘rnatilgan, ayollar va erkaklar bo‘limidagi tibbiyot xonasida barcha zarur dori-darmon vositalari mavjud.

Biroq tashrif davomida davolash bo‘limi binosida suv quvurlari hamda kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq kamchiliklar ham mavjudligi,  shifoxonada davolanayotganlar maxsus kiyim-kechak bilan yetarli darajada taʼminlanmagani, yuvinish xonalari taʼmirtalab ahvolda ekanligi  aniqlandi.

Monitoring yakunlariga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Ombudsman taʼsir choralari kiritiladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati