Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Toshkentda inson huquqlarini taʼminlashga oid masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
2024-yil 17-dekabr kuni Toshkent shahrida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning inson huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi vazifalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Inson huquqlarini himoya qilish borasidagi yangi qonunchilik mexanizmlariga jamoatchilik eʼtiborini qaratish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda senator va deputatlar, davlat organlari, mahalliy hokimiyat vakillari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etishdi.

Taʼkidlash lozimki, 2024 yilning 15 noyabr kuni kuchga kirgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonuni Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilgan hamda u inson huquqlari sohasidagi islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonun hujjatlarini to‘ldiradi.

Ombudsman fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarga tizimli yechim taklif etish va huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirish bo‘yicha monitoring va tahlil faoliyatini amalga oshiradi. Qonunga bilan, Ombudsmanga qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish huquqi mustahkamlandi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqib, Ombudsmanning huquqlari, majburiyatlari va faoliyat kafolatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, Ombudsman taʼsir choralari, shuningdek, Ombudsmanning qiynoqqa solish hollarining oldini olish bo‘yicha faoliyatiga oid maʼlumotlar berildi.

Shu bilan bir qatorda, davra suhbatida ishtirokchilar tomonidan inson huquqlarini taʼminlash yo‘nalishida ko‘plab fikr va mulohazalar bildirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati