Joriy haftada bo‘lib o‘tgan Komissiya yig‘ilishlarida Toshkent shahridagi 21-son Jazoni ijro etish koloniyasidan 1104 nafar, Namangan viloyatidagi 6-son Jazoni ijro etish koloniyasidan 138 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 27-son manzil-koloniyasidan 351 nafar, Xorazm viloyatidagi 11-son tergov hibsxonasidagi xo‘jalik bo‘limida jazo muddatini o‘tayotgan 10 nafar, Sirdaryo viloyatidagi 40-son manzil-koloniyasi 337 nafar, 8-son tergov hibsxonasidagi xo‘jalik bo‘limida jazo muddatini o‘tayotgan 23 nafar, Buxoro viloyatidagi 20-son Jazoni ijro etish koloniyasidan 134 nafar mahkumlarga tuzalish yo‘liga o‘tganligi bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda xulosalar rasmiylashtirildi.
Tuzalish yo‘liga o‘tganlikni baholashda mahkumlarning mehnatga munosabati, o‘qish va kasb-hunarga qiziqishi, madaniy tadbirlardagi ishtiroki hamda ichki tartib-qoidalarga rioya etish kabi mezonlar ko‘rib chiqiladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati