Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namangandagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan ayollar 8-mart bayrami bilan tabriklandi
7-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsman) Namangandagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Uychi tumanida joylashgan 6-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan 17 nafar ayol kirib kelayotgan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklandi. Hibsxona rahbariyati hamkorligida ularga gul va kitoblar sovg‘a qilindi.

Ushbu tashabbus ayol mahbuslarni ruhiy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatga daxldorlik hissini oshirish va bayram shodiyonasini ulashish maqsadida o‘tkazildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati