Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman va BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi hamkorligi mustahkamlanmoqda
2025-yil 12-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) F.Eshmatova BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi inson huquqlari bo‘yicha maslahatchisi O.Fisher bilan uchrashdi.

Uchrashuvda inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi O‘zbekistondagi amaliy ishlar, shu yo‘nalishdagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar, Ombudsman institutining ushbu jarayondagi  roli va ahamiyati, faoliyat yo‘nalishlari va o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, aholi o‘rtasida inson huquqlari borasidagi bilimlarni oshirish va huquqiy madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

O.Fisher O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni e'tirof qilib, hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati