Senat qo‘mitalarida Ombudsmanning 2024 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzasi ko‘rib chiqildi
2025-yil 12-13 mart kunlari Ombudsmanning 2024 yildagi faoliyati haqidagi ma’ruza Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi hamda Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitalarining qo‘shma majlisida, shuningdek, Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi hamda Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitalari majlisida dastlabki ravishda ko‘rib chiqildi.
Dastlab Ombudsman faoliyat natijalariga bag‘ishlangan infografik rolik namoyish etildi.
Shuningdek, mutasaddi tashkilot va idoralarga kiritilgan ta’sir choralarining natijadorligi muhokama qilindi.
Majlislarda huquqiy tahlil va monitoring, xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar yuzasidan ham ma’lumotlar berildi. Muhokamalar yakunida qo‘mitalarning tegishli qarori qabul qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati