Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda inson huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tajriba almashdilar
Mehmonlar O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash borasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarni e’tirof etishdi
Tomonlar, shuningdek, inson huquqlari yo‘nalishiga sun’iy intellektni joriy etishning ahamiyati, ekologik muammolar hamda xalqaro standartlar, jumladan, Nelson Mandela qoidalari va Istanbul protokolini qo‘llash bo‘yicha fikr almashdilar
Tomonlar inson huquqlari sohasidagi hamkorlikni davom ettirish va kelgusida yanada mustahkamlashga kelishib oldilar
Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati