Biroq 2024-yil davomida na taʼtil berilgan, na uning puli to‘langan.
Shu bilan birga, “Jizzax-Toshtepa tekstil” MCHJda ishlagan 2 nafar fuqaro ishdan bo‘shatilganidan so‘ng ish haqi va yakuniy hisob-kitobini ololmagan.
Mehnat huquqlari buzilgan bir guruh fuqarolar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga murojaat qilishdi.
Murojaatlar nazoratga olinib, Ombudsmanning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. Huquqiy asoslar aniqlangach, Jizzax tumanlararo sudiga daʼvo arizalari kiritildi.
Sud qarorlari asosida ish haqi va kompensatsiya to‘lovlari fuqarolar foydasiga undirildi.
Qarzdorligi mavjud bo‘lgan ish beruvchilar sud muhokamasida hamda sudga taqdim etgan eʼtiroznomalarida moliyaviy ahvoli yaxshi bo‘lmaganligi sababli to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligini vaj sifatida keltirgan. Ammo ularning bu vajlari xodimlar uchun ish haqlari va boshqa to‘lovlarning to‘lanmasligiga sabab bo‘lmaydi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati