Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Tailand Ombudsmani bilan hamkorlik rivojlanmoqda
Joriy yilning 25-aprel kuni Tailand Ombudsmani instituti tashkil etilganligining 25 yilligi munosabati bilan onlayn tashkil etilgan “Jamiyatdagi adolatni mustahkamlashda Ombudsmanning o‘rni” mavzusidagi tadbirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari B.Narimanov ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda Indoneziya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Ozarbayjon, Pokiston, Filippin, Yangi Zellandiya, Dominiko Respublikasi, Papua-Yangi Gvineya va boshqa davlat inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar vakillari ham ishtirok etishdi.

Muloqot davomida xorijiy davlatlar ombudsmanlari va xalqaro ekspertlar inson huquqlarini ta’minlash borasidagi ilg‘or tajribalar va zamonaviy tendensiyalar bilan o‘rtoqlashishdi.

Ma’lumot uchun: Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Tailand Ombudsmanlari o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida mustahkam hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati