Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning “OMBUDSMAN.UZ” mobil ilovasidan foydalanishda
MAXFIYLIK SIYOSATI

1. Kirish

1.1. Ushbu maxfiylik siyosati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) (keyingi o‘rinlarda - Ombudsman) tomonidan “OMBUDSMAN.UZ” mobil ilovasi orqali jismoniy shaxslardan olinadigan barcha shaxsiy maʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlash tartibi va shartlarini belgilaydi.

 

2. Maxfiylik siyosatida ishlatiladigan tushunchalar

2. 1. Maxfiylik siyosatida quyidagi tushunchalar ishlatiladi:

Shaxsga doir maʼlumotlar - muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot.

Uchinchi shaxs — subyekt, mulkdor va (yoki) operator bo‘lmagan, ammo shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish bo‘yicha holatlar yoki munosabatlar orqali ular bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday shaxs.

Foydalanuvchi - “OMBUDSMAN.UZ” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan va mobil ilova xizmatidan foydalanuvchi jismoniy shaxs.

 

3. Umumiy qoidalar

3.1. Foydalanuvchi tomonidan “OMBUDSMAN.UZ” mobil ilovasidan foydalanishi uning mazkur maxfiylik siyosatiga va unda foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini olish va ularni qayta ishlash bo‘yicha keltirilgan shartlar va tartiblarga qatʼiy roziligini anglatadi.

3.2. Foydalanuvchi maxfiylik siyosatda keltirilgan shartlar va tartiblarga rozi bo‘lmasa, bunday holda foydalanuvi “OMBUDSMAN.UZ” mobil ilovasidan foydalanishni to‘xtatishi lozim.

3.3. “OMBUDSMAN.UZ” mobil ilovasidan foydalanishda Ombudsman foydalanuvchi shaxsiy maʼlumotlarining haqqoniyligi va to‘g‘riligini tekshirmaydi, ularni nazorat qilmaydi va ularga javobgar bo‘lmaydi.

 

4. Maxfiylik siyosatining predmeti

4.1. Ushbu maxfiylik siyosati Ombudsmanning foydalanuvchi tomonidan “OMBUDSMAN.UZ” mobil ilovasidan ro‘yxatdan o‘tishda taqdim etiladigan shaxsiy maʼlumotlari va axborotlarning maxfiyligi va xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha majburiyatini belgilab beradi.

4.2. Foydalanuvchi tomonidan mazkur maxfiylik siyosati doirasida shaxsga doir maʼlumotlarni ishlov berishga ruxsat etilgan shaxsiy maʼlumotlar “OMBUDSMAN.UZ” mobil ilovasining tegishli formalariga kiritish orqali taqdim etiladi.

4.3. Foydalanuvchi “OMBUDSMAN.UZ” mobil ilovasida OneID yagona identifikatsiya tizim orqali ro‘yxatdan o‘tganida, maxfiylik siyosatining 4.2. bandida ko‘rsatilgan maʼlumotlardan tashqari quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:

-     Foydalanuvchi pasport raqami.

-     Foydalanuvchi pasport seriyasi.

-     Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion nomeri.

4.4. Foydalanuvchi “OMBUDSMAN.UZ” mobil ilovasidan foydalanayotganida foydalanuvchining mobil qurilmasi va u tomonidan amalga oshirilgan xatti-harakatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni ham (mobil qurilma modeli, operatsion tizim turi, aloqa kanallari, ishlatilayotgan brauzer, qurilma IP-manzili va B. maʼlumotlar) taqdim etib boradi.

 

5. Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini yig‘ish maqsadlari

5.1. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy maʼlumotlar quyidagi maqsadlarda yig‘ib boriladi:

5.1.1. Foydalanuvchiga “OMBUDSMAN.UZ” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish va xizmatlardan foydalanish.

5.1.2. Foydalanuvchining shaxsini tekshirish va tasdiqlash.

5.1.3. Foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqadorlikni o‘rganish.

5.1.4. Foydalanuvchi tomonidan shakllantirilgan murojaatlar muallifining haqiqiyligini taʼminlash.

5.1.5. “OMBUDSMAN.UZ” mobil ilovasi ishiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi va hattoki, uning ishini to‘xtatishga olib keluvchi foydalanuvchi tomonidan turli noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish.

5.1.6. “OMBUDSMAN.UZ” mobil ilovasi ishi samaradorligi va xizmat sifatini oshirish.

5.1.7. “OMBUDSMAN.UZ” mobil ilovasining faoliyati bilan bog‘liq turli texnik muammolar va nosozliklar vujudga kelganda, foydalanuvchini xabardor qilish.

5.1.8. “OMBUDSMAN.UZ” mobil ilovasi foydalanuvchilari va undagi xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq turli statistik va tahliliy o‘rganishlarni olib borish.

5.1.9. Foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini saqlash.

 

6. Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash va uni uchinchi shaxslarga berish shartlari

6.1. Foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risida»gi Qonuniga va shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligi va xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.

6.2. Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash foydalanuvchining roziligiga ko‘ra amalga oshiriladi. Boshqa hollarda foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash mumkin emas.

6.3. Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlari maxfiy hisoblanadi.

6.4. Ombudsman quyidagi holatlarda foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega:

-              foydalanuvchi tomonidan shunday harakatga rozilik bildirilganda;

-              amaldagi qonunchilikka ko‘ra sud organlarining tegishli qaroriga asosan foydalanuvchi to‘g‘risidagi maʼlumot zarur bo‘lganda.

 

7. Nizolarni hal etish

7.1. Ushbu xavfsizlik siyosatida keltirilgan shaxsiy maʼlumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va ularni uchinchi shaxslarga berish bilan bog‘liq nizolar va kelishmovchiliklar muzokara yo‘li bilan hal etiladi.

7.2. Nizolar muzokara yo‘li bilan hal etilmagan taqdirda nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan sud organlarida hal etiladi.

 

8. Qo‘shimcha shartlar

8.1. Ombudsman istalgan vaqtda foydalanuvchilarni ogohlantirmasdan ushbu maxfiylik siyosatiga o‘zgartirish, qo‘shimcha va to‘ldirish kiritish huquqiga ega.

8.2. Yangi maxfiylik siyosati “OMBUDSMAN.UZ” mobil ilovasining “Maʼlumotlar” bo‘limida joylashtirilgan vaqtdan eʼtiboran kuchga kirgan hisoblanadi.

8.3. Foydalanuvchi maxfiylik siyosatiga kiritilgan o‘zgartirish, qo‘shimcha va to‘ldirishlarga rozilik bildirmasa, u holda foydalanuvchi “OMBUDSMAN.UZ” mobil ilovasidan foydalanishni to‘xtatishi lozim.