Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
lead
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili
Abduvaxidova Gulnoraxon Abduganiyevna
Telefon :
74 223-25-58
Qabul:
Seshanba va Payshanba kunlari soat 10:00 dan 13:00ga qadar
E-mail:
info_ombudsman.uzb@umail.uz
Manzil:
Andijon shahar, A.Fitrat ko‘chasi, 239 uy

G.Abduvoxidova – 1971 yil Andijon viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos, harbiy (maxsus) unvoni podpolkovnik

1996–2002 yillarda Andijon viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash bo‘linmasida militsiya batalyoni militsioneri, 2002–2010 yillarda Andijon shahar IIB HOOB voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida xuquqbuzarliklarni oldini olish bo‘linmasi inspektori va katta inspektori, 2010-2017 yillarda Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi inspektori va katta inspektori, 2017–2018 yillarda Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etilishini nazorat qilish bo‘linmasi boshlig‘i, 2018–2019 yillarda Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi katta inspektori, 2019–2022 yillarda Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari- Xotin qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2022 yil 20 oktyabrdan eʼtiboran Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Andijon viloyati mintaqaviy vakili lavozimida ishlamoqda

- hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va o‘tkazish;

- fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;

- o‘z tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga ko‘ra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida ko‘rib chiqishni tashkil qilish;

- ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;

- inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish

lead
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili
Xusanov Diyor Sheraliyevich
Telefon :
66 235-36-84, 97 395-78-91
Qabul:
Seshanba va Payshanba kunlari soat 10:00 dan 13:00 ga qadar
E-mail:
info_ombudsman.uzb@umail.uz
Manzil:
Samarqand shahri, Daxbed ko‘chasi, 32-uy. (Viloyat xalq qabulxonasining 2-qavatida)

D.Xusanov - 1987 yil Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos. «3-darajali yurist» maxsus unvon – martaba darajasiga ega.

2009–2011 yillarda Samarqand viloyat Adliya boshqarmasining bo‘lim katta maslahatchisi, 2011–2013 yillarda Samarqand shahar 6-son davlat notarial idorasi notarius ish o‘rganuvchisi, 2013–2015 yillarda Samarqand shahar “Ekipaj transgaz” huquqshunosi, 2015–2016 yillarda Samarqand viloyat “Kompyuterlashtirish markazi” kadrlar bo‘limi boshlig‘i, 2016–2017 yillarda  Samarqand viloyat hokimligi referenti, yetakchi mutaxassisi, 2017–2018 yillarda Samarqand viloyati Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi yuriskonsulti, 2018–2019 yillarda Samarqand viloyati hokimligida yuridik xizmati bosh yuristkonsulti, yetakchi mutaxassis, 2019–2022 yillarda Samarqand viloyatidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasini vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

2022 yildan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyati mintaqaviy vakili lavozimida ishlamoqda.