Davlat rahbarining Oliy Majlisga murojaatnomasida Ombudsman zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, qolaversa hududlardagi inson huquqlarini taʼminlanishi holatini o‘rganish maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) boshchiligidagi ekspert guruhi joriy yilning 25-27 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.
Qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzurida qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlarini tashkil etish, ushbu guruhlar faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng va muntazam yoritish vazifasi yuklatilgan.