Xalqaro mehnat tashkilotining maʼlumotiga ko‘ra, jahonda aholining bandlik darajasi 2020 yilda 58,7 foizni tashkil qilgan, COVID-19 tufayli esa bekor turib qolingan vaqt 8,8 foizga oshgan.[1]
O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasining maʼlumotlariga ko‘ra, respublikada aholining bandlik darajasi 2020 yilda 66,1 foizni (2019 yilda – 67,7 foiz) tashkil qilgan.[2] O‘zbekiston mehnat bozorida 2020 yilning to‘rtinchi choragida iqtisodiy faol aholi orasida ish bilan band bo‘lganlar soni 13239,6 ming kishini tashkil etib, 2020 yilning ikkinchi va uchinchi choraklariga nisbatan (12736,6 ming va 13205,3 ming) o‘sish holati kuzatilgan.