Suxbat davomida, so‘ngi yillarda davlatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, ayniqsa gender tengligi borasida olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari yuzasidan Vakil tomonidan maʼlumotlar berib o‘tildi.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan so‘ngi yillarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari qabul qilinganligi, ushbu normativ huquqiy hujjatlar asosidaayollarning huquq va erkinliklarining himoyasiyanada mustahkamlanganligi taʼkidlandi.
Uchrashuv davomida Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Amira Faxmi tomonidan Misr Arab Respublikasida xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini kafolatlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berib, Ombudsman bilan ushbu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmat