Aniqlanishicha, murojaat egasining onasi urush yillarida harbiy zavodlarda ishlagan va bir necha davlat mukofotlari sohibi. Lekin, shunga qaramay uning mehnat fronti ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga olinishi haqidagi murojaati bir necha yildan buyon tegishli idoralar tomonidan eʼtiborsiz qoldirilgan.
Murojaat Ombudsman nazorаtiga olingach, ariza egasi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining bo‘limi hisobida turuvchi, 1941-1945 yillarda mamlakat ichkarisida mehnat qilgan fuqarolar ro‘yxatiga kiritildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati