Аniqlanishicha, fuqaro 1996 yildan buyon Xalq bankining Surxondaryo viloyati, Denov tumani filialida ishlab kelgan. Lekin 2020 yil ish joylari qisqartirilganligi munosabati bilan u ishlagan chakana amaliyot kassalari yopilgan. Uning bank rahbariyatiga ishda qolishlik masalasida qilgan murojaatlari ham besamar ketgan. Ishsiz yurgan murojaat egasi arizasida o`z kasbini yaxshi ko`rganligi sababli avvalgi ishiga qaytishni xohlashini alohida qayd etgan.
Ombudsman aralashuvi bilan Xalq bankining Surxondaryo viloyati Denov tumani filiali sobiq xodimi bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzib, uni ishga tiklagan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati