Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bola huquqlari bo‘yicha vakil: Navoiydagi ko‘rish imkoniyati cheklangan bolalarning 30 nafari ko‘z jarrohligi va konservativ davoga muhtoj
Navoiy viloyati ko‘rish imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasasi 1958 yilda qurilgan. 2015 yilda rekonstruksiya qilingan. 120 o‘ringa mo‘ljallangan. 122 nafar tarbiyalanuvchi mavjud. 60 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxonada 101 nafar bola joylashtirilgan. 20 o‘rinli maktabgacha tayyorlov guruhi mavjud. 121 nafar bola taʼlim olmoqda. Oshxona 80 o‘ringa mo‘ljallangan.

 

Tarbiyalanuvchilarning salomatligi nazorat qilib kelinmoqda. 4 nafar tarbiyalanuvchida Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan yuqori texnologik lazer jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Lekin 30 nafar tarbiyalanuvchi ko‘z jarrohligi va konservativ davoga muhtoj.

Aniqlangan kamchiliklar: Muassasada maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazish uchun faollar zali, yotoqxonalar kengaytirilishi, kompyuter jamlanmalari, to‘garakxona va kutubxonaga ehtiyoji bor.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati