Monitoring davomida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning tibbiy ko`rikdan o`tishi, sog‘lomlashtirilishi, sog‘lom ovqatlantirilishi holati, taʼlimi, jamiyatga moslashuvi, ijtimoiy qo`llab-quvvatlanishi holatlari, mavjud muammolar va takliflarga eʼtibor qaratildi.
Samarqand shahar, MTBga qarashli 78-maxsus maktabgacha taʼlim muassasasi o`rganilganda, uning ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga aylantirilgani aytildi, lekin tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmadi.
1974 yilda qurilgan ushbu maktabgacha taʼlim muassasasini oxirgi marta 2018 yilda faqatgina issiqlik tizimi taʼmirlangan. Quvvati 180 o`ringa mo'ljallangan muassasada, hozirgi kunda 105 nafar tarbiyalanuvchi mavjud, guruhlar soni 12 ta, 10 ta guruh faoliyat ko`rsatayabdi. O`rganish kunida tashkilotda karantin sababli faoliyat shu kundan to`xtatilgani sababli bolalar yo`qligi aytildi.
Tashkilotning faoliyati jismoniy yоki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo`lgan bolalarning maktabgacha taʼlim olishiga, shuningdek, ularni tarbiyalash va reabilitatsiya qilishga qaratilgan. Lekin muassasaning jihozlanishi “Maktabgacha taʼlim muassasalarini o`yinlar, o`yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash meʼyërlari” ga mos emas. Bu esa o`z navbatida muassasa tarbiyalanuvchilarining rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablarining bajarilishi, shuningdek, taʼlim-tarbiya va korreksion ishlarni tashkil etish va tarbiyalanuvchilarga taʼlim-tarbiya va korreksiya-pedagogik yërdam berilishini taʼminlashda tо`sqinlik qilmoqda. Bundan tashqari muassasada rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tibbiy abilitatsiya va reabilitatsiya o`tkazish, bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni kompensatsiya va korreksiya qilish borasida ham yetarli sharoitlar yaratilmagan. Bolalar to`g‘ri ovqatlanishini va ularga tibbiy yоrdam ko`rsatilishini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish zarur.
O`zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to`g‘risida”gi qonunining 5-moddasida davlatga qarashli bolalar muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, rivojlantirishga ko`maklashish chora-tadbirlarini ko`rish vazifasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o`z vazifalari doirasida ushbu vakolatni amalga oshirishi belgilangan.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlari to`g‘risida”gi qonunining 14-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlari to`g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini taʼminlashi, nogironligi bo`lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va ularning huquqlarini taʼminlashga doir hududiy dasturlarni shakllantirishi, tasdiqlashi hamda amalga oshirishi, 39-moddasida nogironligi bo`lgan bolalarning maktabgacha taʼlimi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida amalga oshirilishi, ularga nisbatan zarur reabilitatsiya va abilitatsiya qilish choralari amalga oshirilishi hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bo`lishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi, sog‘lig‘ining holati maktabgacha taʼlim muassasalarida bo`lishni vaqtincha istisno etadigan nogironligi bo`lgan bolalar uchun ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilishi, ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ilg‘or uslubiyotlarni o`z ichiga oladigan maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturini amalga oshirish taʼminlanishi belgilangan.
Bola huquqlari bo`yicha vakil Samarqand viloyati hokimiyati va boshqa tegishli davlat tashkilotlardan 78-maxsus maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini tanqidiy o`rganib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi yuzasidan munosabat bildirishini talab qiladi.
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati