Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bola huquqlari bo‘yicha vakil “Kamalak” bolalar tashkilotining XX anjumanida ishtirok etdi
 “Kamalak” bolalar tashkiloti 20 yoshda. Joriy yilning  20 may sanasida “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun” shiori ostida Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Kamalak” bolalar tashkilotining XX anjumani Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Oqtosh” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida o‘tkazildi.

Anjumanda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, Bola huquqlari bo‘yicha vakili – Aliya Yunusova “Kamalak” bolalar tashkiloti va Sardorlarini 20 yillik yubiley bilan tabriklab, ular faoliyatiga omad tiladi.

“Kamalak” bolalar tashkiloti bilan Bola huquqlari bo‘yicha vakil hozirda jamiyatda bolaning shaxsiga hurmatni kuchaytirish, jamoatchilik ongi darajasini yuksaltirishga qaratilgan qator loyihalarni birgalikda amalga oshirmoqda. O‘ylaymanki, bu hamkorligimiz istiqbolda yana-da mustahkamlanadi va Tashkilot sardorlari Bola huquqlari bo‘yicha vakilning yaqin ko‘makchilariga aylanishadi. Menimcha, mahalliy va hududiy sardorlar bolalar muasasalariga o‘tkaziladigan monitoring tashriflarimizda ham ishtirok etib, bo‘lajak ombudsmanlar sifatida shakllanishlari kerak. Albatta bu kabi tashabbuslarimiz keyingi loyihalarimizda o‘z aksini topadi.

 “Kamalak” bolalar tashkilotining XX anjumani doirasida tashkil etilayotgan tanlov va o‘quv mashg‘ulotlar joriy yilning 24 may sanasiga qadar davom etadi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati