Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Deinstitutsionallashtirish bolalar va oilalarga g‘amxo‘rlik qilishning zamonaviy va samarali xizmatlarni rivojlantirishdir
13 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari - Bola huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) Aliya Yunusova YUNISEFning “Bolalarni himoya qilish” dasturi rahbari Antoniya Lyudeke, dastur mutaxassislari Diana Isayeva va Safinas Axayeva bilan uchrashdi.

Joriy yilning 13 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari - Bola huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) Aliya Yunusova YUNISEFning “Bolalarni himoya qilish” dasturi rahbari Antoniya Lyudeke, dastur mutaxassislari Diana Isayeva va Safinas Axayeva bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuvda turli internat tipidagi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalarni deinstitutsionallashtirish bo‘yicha xaritalashtirish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, deinstitutsionallashtirish bolalar va oilalarga g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha zamonaviy va samarali xizmatlarni rivojlantirishdir. Agar u to‘g‘ri boshqarilsa, bolalarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mukammallashtirilgan va sezgirroq xizmat ko‘rsatish uchun katalizator va moliyalashtirish manbasi bo‘lishi mumkin. Sababi, qator xorijiy davlatlarning bu boradagi ilg‘or tajribalariga nazar solsak, jamiyatdagi bolalar va oilalar bilan bog‘liq aksariyat muammolar hal etilayotganini hamda oz sonli bolalargina muqobil yordamga va internat tipidagi muassasalarda parvarishlanayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Bolalarni deinstitutsionallashtirish borasida dastlab muassasalarga joylashtirilgan bolalar, shuningdek ularning oilalari, qarindoshlari va do‘stlari to‘g‘risida to‘liq statistik maʼlumotlarni olish uchun institutsional muassasalar xaritasi tuzib olish maqsadga muvofiq. Keyinchalik, internat muassasalarida har bir bolani parvarish qilish va saqlash xarajalari haqida maʼlumot to‘planadi. Keyingi bosqichda esa monitoring maʼlumotlari asosida vaziyatni baholash amalga oshiriladi. Bunda murakkab turmush tarziga tushib qolgan oilalar, nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holatigi alohida eʼtibor qaratiladi.

Uchrashuv davomida tomonlar xaritalashtirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha asosiy vazifalarni belgilab olindi. Jumladan, qator vazirliklar (Xalq taʼlimi, Sog‘liqni saqlash, Moliya, Ichki ishlar vazirliklari), Bosh prokuratura, Tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish agentligini hamda “SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari” nodavlat notijorat tashkiloti, Toshkent viloyati xokimligi vakillarini jalb qilgan holda texnik guruh tuzishga kelishildi. Tomonlar bolalarni xaritalashtirish loyihasini joriy yilning avgust oyida Toshkent viloyatida o‘tkazilishini rejalashtirishmoqda.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot kotibi